
Tutqanoq xuruji paytida birinchi yordam: Nimalar qilish kerak va nimalar qat'iyan taqiqlanadi?
Tutqanoq (epilepsiya) xurujiga guvoh bo‘lish har qanday insonni esankiratib qo‘yishi mumkin. Biroq bu vaziyatda eng muhimi — vahimaga tushmaslik va bemorga to‘g‘ri, xavfsiz yordam ko‘rsatishdir.

Tutqanoq xuruji paytida birinchi yordam: Nimalar qilish kerak va nimalar qat'iyan taqiqlanadi?
Noto‘g‘ri qilingan harakatlar bemorning og‘ir jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Toshkentdagi Hilol Med ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tutqanoq xuruji paytida bajarilishi shart bo‘lgan hayotiy qoidalarni ma’lum qiladi.
Xuruj paytida birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari
Tutqanoq xuruji odatda 3–5 daqiqa davom etadi va o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Bu vaqt ichida sizning asosiy vazifangiz — bemorning xavfsizligini ta’minlashdir:
- Atrofni xavfsiz holatga keltiring: Bemorning atrofidagi barcha o‘tkir, qattiq va shisha buyumlarni tezda chetga oling. Agar yotgan joyi xavfsiz bo‘lsa, uni ko‘chirish shart emas.
- Nafas yo‘llarini asrang: Bemorning ko‘ylak yoqasini, galstuk yoki kamarini bo‘shating. Toza havo kirishi uchun derazalarni oching.
- Boshini yon tomonga buring: Bemorning boshi ostiga yumshoq narsa (kiyim, yostiqcha) qo‘ying va boshini ehtiyotkorlik bilan yon tomonga burib turing. Bu so‘lak yoki qusuq massalarining nafas yo‘llariga ketib qolishining oldini oladi.
- Bosh tomonidan yaqinlashing: Bemorga yon tomondan emas, balki bosh taraflama yaqinlashish uning harakatlarini xavfsiz nazorat qilishga yordam beradi.
- Xurujdan keyin tegmang: Xuruj tugagach, bemor miya faoliyatini tiklash uchun chuqur uyquga ketadi. Uni majburlab uyg‘otish, o‘rnidan turg‘izish mutlaqo mumkin emas.
Qat'iyan man etiladi: Eng ko'p qilinadigan xatolar!
Xuruj vaqtida quyidagi harakatlarni qilish bemor hayotiga xavf tug‘diradi:
- Og'zini zo'rlab ochish: Tishlar orasiga qoshiq, pichoq yoki barmoq tiqish qat'iyan mumkin emas. Bu tilning orqaga ketishini to‘xtatmaydi, aksincha, jag‘ sinishi yoki tishlar to‘kilib, nafas yo‘liga tiqilishiga olib keladi.
- KUCH BILAN USHLASH: Bemorning qo‘l-oyog‘ini majburlan bosib turish mushaklar va suyaklarning jarohatlanishiga sabab bo‘ladi.
- Suv sepish yoki hidlatish: Hushiga keltirish maqsadida yuziga suv sepish, dori ichirish yoki o‘tkir hidli narsalar (navshatil spirti) hidlatish mutlaqo taqiqlanadi.

Hilol Med-da ixtisoslashgan yordam: Nevrolog va Epileptolog qabuli
Agar tutqanoq xurujlari tez-tez takrorlansa, 5 daqiqadan uzoq davom etsa yoki inson hayotida birinchi marta kuzatilgan bo‘lsa, zudlik bilan ixtisoslashgan shifokor ko‘rigidan o‘tish shart.
Hilol Med tibbiyot markazida ushbu yo‘nalishda tor doiradagi maxsus mutaxassis — Epileptolog hamda tajribali nevrolog (nevropatolog) va bolalar nevrologi faoliyat ko‘rsatadi. Epileptolog — aynan epilepsiya kasalligini chuqur o‘rganuvchi, aniq tashxis qo‘yuvchi va xurujlarni to‘xtatish uchun individual dori davosini (antikonvulsantlar) to‘g‘ri tanlovchi shifokordir.
Klinikamizda tashxisni aniqlashtirish uchun yuqori aniqlikdagi Miya EEG (Elektroensefalografiya) tekshiruvi o‘tkaziladi. To‘g‘ri tanlangan davolash rejasi yordamida bemorlarning to‘laqonli va xavfsiz hayotga qaytishi ta’minlanadi.
Yaqiningiz salomatligini kutilmagan xavflardan asrang. Shifokor qabuliga yozilish va miya EEG testidan o‘tish uchun hoziroq Hilol Med klinikasiga murojaat qiling!

blogs
footer_title
informations
contact_and_location
Toshkent sh.,
Chilonzor tumani,
Katta Qani ko'ch.,
13/1
hilolmedcenter@mail.ru
© Hilol med — Repid Agency tomonidan ishlab chiqilgan.

















