
Insult profilaktikasi: Qon bosimi va tomirlarni qanday nazorat qilish kerak?
Insult — bu to‘satdan sodir bo‘ladigan kasallikdek ko‘rinsa-da, aslida u inson organizmida yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibatidir. Eng muhimi — insult holatlarining qariyb 80 foizini barvaqt profilaktika va to‘g‘ri turmush tarzi orqali oldini olish mumkin.

Insult profilaktikasi: Qon bosimi va tomirlarni qanday nazorat qilish kerak?
Toshkentdagi Hilol Med ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari insult xavfini minimal darajaga tushirish uchun qaysi omillarga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ma’lum qiladi.
Eng xavfli omil: Arterial gipertoniya (Yuqori qon bosimi)
Klinik tadqiqotlar va statistikaga ko‘ra, insultlarning qariyb 70 foizi aynan yuqori qon bosimi (davleniya) tufayli kelib chiqadi. Qon bosimi doimiy ravishda yuqori bo‘lganda, bosh miya qon tomirlari zo‘riqib ishlaydi, devorlari yupqalashadi va yorilish (gemorragik insult) yoki tiqilish (ishemik insult) xavfi keskin ortadi.
Qon bosimi ko‘rsatkichlari oshishi bilan insult xavfi qanchalik ortadi?
- 120 / 70 mm (Normal holat): Xavf darajasi minimal va xavfsiz hisoblanadi.
- 160 / 95 mm (Xavf 4 barobar ortadi): Qon tomirlari kuchli zo‘riqish bilan ishlamoqda, zudlik bilan kardiolog ko‘rigi va davolash shart.
- 200 / 100 mm (Xavf 10 barobar ortadi): O‘ta yuqori krizis holati, hayot uchun jiddiy xavf mavjud, shoshilinch yordam zarur.
Insultdan himoyalanish uchun 5 ta asosiy qoida
Qon tomirlaringizni uzoq yillar sog‘lom saqlash va insult xavfidan qutulish uchun quyidagi profilaktika choralariga amal qiling:
- Qon bosimi va yurak ritmini nazorat qilish: Agar sizda muntazam davleniya ko‘tarilishi yoki aritmiya (yurak o‘ynashi) bo‘lsa, shifokor tavsiya etgan dori vositalarini o‘z vaqtida ichib yurishingiz shart.
- Qondagi xolesterin va qand miqdorini tekshirish: Aterosklerotik pilakchalar tomirlarni toraytirib, tromblar hosil qiladi. Qandli diabet esa tomir devorlarini mo‘rt qibly qo‘yadi.
- Sog‘lom ovqatlanish va faol harakat: Tuz va yog‘li taomlarni kamaytiring, ko‘proq ko‘katlar va sabzavotlar iste’mol qiling. Kamharakatlilik (gipodinamiya) tomirlarda qon aylanishini sekinlashtiradi, shu sababli sport va piyoda yurishni kanda qilmang.
- Zarli odatlardan voz kechish: Chekish va alkogol ichimliklar qon tomirlarini to‘satdan kuchli spazm qibly, insult xavfini bir necha barobar oshiradi.
- Stressni boshqarish: Doimiy asabiy taranglik va surunkali charchoq qon bosimining keskin sakrashiga sabab bo‘ladi.

Hilol Med klinikasida insult profilaktikasi dasturi
Agar sizda yuqoridagi xavf omillaridan birontasi mavjud bo‘lsa, har yili kamida bir marta kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz tavsiya etiladi. Hilol Med tibbiyot markazida ushbu yo‘nalishda to‘liq diagnostika yo‘lga qo‘yilgan:
- Kardio-diagnostika: Yuqori aniqlikdagi EKG va Exokardiografiya (Yurak UZI) orqali insultga sabab bo‘luvchi yurak muammolarini aniqlash.
- Tomirlar tekshiruvi: Bosh miya va bo‘yin tomirlari Dopplerografiyasi (UZDG) yordamida qon aylanish tezligi va tromblarni tekshirish.
- Zamonaviy laboratoriya: Qon quyuqligi (koagulogramma), xolesterin profili va qand miqdorini aniqlash.
Klinikamizda terapevt, kardiolog va nevropatolog (nevrolog) kabi yuqori malakali mutaxassislar siz uchun maxsus individual davolash va profilaktika rejalarini tuzib berishadi. Zarur hollarda, klinikamiz qoshidagi qulay kunduzgi statsionar sharoitida tomirlarni mustahkamlovchi profilaktik osma ukollar (kapelnitsalar) va muolajalar kursini olishingiz mumkin.
Sog‘ligingizga bugundan e’tibor bering. Insult xavfining oldini olish va shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun hoziroq Hilol Med klinikasiga murojaat qiling va qabulga yoziling!

blogs
footer_title
informations
contact_and_location
Toshkent sh.,
Chilonzor tumani,
Katta Qani ko'ch.,
13/1
hilolmedcenter@mail.ru
© Hilol med — Repid Agency tomonidan ishlab chiqilgan.

















